Bosh prokuratura Akademiyasi jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazi hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, xalqaro va milliy darajadagi ekspertlar o'rtasida Chilonzor tumanida «Xavfsiz hudud» qo'shma loyihasi doirasida tadqiqot o'tkazish masalasi muhokamasiga bag'ishlangan videokonferentsaloqa vositasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur loyiha doirasida Chilonzor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar hamda kriminologik xarita tuzilishi belgilangan.
Uchrashuv doirasida loyihani amalga oshirish jarayonida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda milliy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv qo'llanmalar yuzasidan takliflar ko'rib chiqildi.