Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi vakillari videokonferensaloqa rejimida bo'lib o'tgan “Noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi global va milliy xavfsizlik himoyasida: huquq, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sintezi” mavzusidagi VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

Konferensiya Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti, Moliyaviy monitoring xalqaro o'quv-metodik markazi va 
Rossiya Federatsiyasi moliyaviy monitoring bo'yicha xizmati tomonidan tashkil etilgan.

Tadbirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga a'zo barcha davlatlarning ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalar, moliyaviy razvedka bo'linmalar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlar, xususiy sektorning 500 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i YE.V.Kolenko konferensiya ishtirokchilarini Akademiyaning noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
faoliyatiga jalb qilingan tashkilotlarning xodimlarini malakasini oshirish bo'yicha faoliyati, shuningdek G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo tarmog'i (ARIN-WCA) Kotibiyati sifatidagi roli bilan tanishtirdi.

Tadbir doirasida moliyaviy va iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash, noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar muhokama qilindi.