Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan imzolangan o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandum ijrosi doirasida xalq ta'limi sohasi xodimlari uchun “Ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro onlayn vebinar tashkil etildi.
Tadbirda ta'lim sohasida nufuzli xalqaro ekspert Jon Tulli (AQSH) ishtirok etdi.
Vebinarda Xalq ta'limi vazirligining boshqarma va bo'lim boshliqlari, shuningdek 1000 nafardan ortiq xalq ta'limi pedagog va rahbar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, Xalq ta'limi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi.
Vebinar yakunida Xalq ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur yo'nalishda o'quv tadbirlarining tizimli ravishda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.