Anons

Anons

Bosh prokuratura Akademiyasi va BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 3-4 dekabr kunlari: “Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta'lim” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o'tkazilmoqda.

Mazkur tadbir “Odil sudlov uchun ta'lim” (E4J) Tashabbusi doirasidagi muloqotlar turkumining tarkibiy qismi sifatida o'tkazilib, dunyo mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish o'quv modullarini ishlab chiqish hamda targ'ib qilishga qaratiladi. 

Konferensiyada Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari akademik doiralari vakillari, shuningdek E4J Tashabbusi ekspertlari hamda BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish akademik Tashabbusi (ACAD) vakillari ishtirok etadilar.  

Konferensiya ingliz, o'zbek va rus tillarida sinxron tarjima vositasida olib boriladi.

Yuqorida ko'rsatilgan tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz. Ma'lumot uchun info@proacademy.uz elektron pochta manziliga yoki 71-202-04-96 (ichki 1777/1780) telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.