Davlat test markazi bilan hamkorlikda trening o'tkazildi

Davlat test markazi bilan hamkorlikda trening o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ta'lim sifatini doimiy yaxshilab borish maqsadida professor-o'qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirib boriladi.

Mazkur faoliyat doirasida Akademiyada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda «Test topshiriqlari va ularni yaratish shartlari» mavzusida trening tashkil etildi.

Trening Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi boshlig'i A.A.Baratov va Akademiyaning professor-o'qituvchilari ishtirokida o'tkazildi.

Mazkur tadbirda pedagogik testlar va ularning asosiy funktsiyalari, testlarni ishlab chiqishga qo'yiladigan talablar, testlarni ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o'tkazish bosqichlari, test topshiriqlarini qiyinlik darajalariga ajratish bo'yicha jahon va mahalliy tajribalar muhokama qilindi.

Treningda muhokama qilingan masalalar prokuratura organlari xodimlarining bilim va ko'nikmalarini diagnostikadan o'tkazish uchun test topshiriqlarini sifatli tayyorlanishiga xizmat qiladi.