Har yilning 9 dekabr kuni nishonlanayotgan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi xaftaligi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti hamkorligida “Halollik vaktsinasi”ni joriy etish masalalari” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisi N.Umarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov, “Mintaqaviy muloqot” XNT direktori M.Sever, AQSH Davlat kotibi yordamchisi o'rinbosari Dj.Endryus, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari vakillari hamda xorijiy va milliy ekspertlar ishtirok etdi.
Seminarda davlat xizmatida halollik standarti, deklaratsiya qilish va manfaatlar to'qnashuvini hal etish tizimini joriy etishda samarali choralarni qabul qilish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro tadbir ishtirokchilari mamlakatda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni e'tirof etib, davlat xizmatida halollik asoslarini mustahkamlash bo'yicha taklif va tavsiyalarni bildirishdi.