2020 yilning 30 sentyabr kuni «Prokuratura organlari faoliyatini raqamlashtirish» mavzusida videokonferensaloqa shaklida davra suhbati o'tkazildi.
Mazkur seminar Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti o'rtasidagi 2020 yilga mo'ljallangan hamkorlik bo'yicha tadbirlar rejasi ijrosi doirasida tashkillashtirildi.
Seminar Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti rektori O.S.Kapinus va Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i E.V.Kolenko hamraisligida videokonferensaloqa formatida o'tkazildi.
Ishtirokchilar seminar doirasida o'zlarining huquqni muxofaza qilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish yo'nalishidagi, shuningdek, ta'lim jarayonini raqamlashtirishdagi yutuqlarini namoyish qilishdi.
Seminar ishtirokchilari asosiy e'tiborini zamonaviy ta'lim texnologoyalarining rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga qaratishdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar o'zaro manfaatli yo'nalishlar bo'yicha tajriba almashish, axborot xavfsizligini ta'minlash kabi strategik masalalarni ham muhokama qilishdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan fikrlar almashinuvi hamda qilingan ma'ruzalar bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.