“Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta'lim” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya

“Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta'lim” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya

2020 yil 3-4 dekabr kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida hamda O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ko'magida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan “Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta'lim” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkazildi.

Konferensiya joriy yilning 1-4 dekabr kunlari bo'lib o'tayotgan UNODCning “Odil sudlov uchun ta'lim” (E4J) tashabbusining muloqotlar turkumi doirasida onlayn tarzda tashkil etildi.

Tadbirda 25 nafar xorijiy hamda milliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining 70 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Doha deklaratsiyasini singdirish bo'yicha Global dastur koordinatori Marko Teksheriya, E4J tashabbusi (oliy ta'lim komponenti) koordinatori Bianka Kopp, O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari T.Xaydarov va Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i o'rinbosari U.Nigmadjanov o'z kirish so'zlarida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ta'limning, hususan korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ta'limning muhim roli haqida to'xtalib o'tishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Halollik, to'g'rilik va axloq normalari” kabi E4Jning univesitet modullari bilan tanishishdi.

Tadbirda ishtirok etgan Armaniston Respublikasi Adliya Akademiyasi, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Rossiya), Moldova Milliy Adliya instituti, Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” (Rossiya), Milliy va jahon iqtisodiyoti universiteti (Bolgariya), Turiba universiteti (Latviya), Markaziy Osiyo Amerika universiteti (Qirg'iziston), UNODC, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi hamda boshqa tashkilotlar va mussasalarning xalqaro ekspertlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o'quv modullaridan foydalanish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

Ikki kun davom etgan konferensiya yakuni bo'yicha ishtirokchilar E4Jning universitet modullarini amaliyotda keng qo'llash va rivojlantirish, ushbu yo'nalishda mintaqadagi ta'lim muassasalarining sa'y-harakatlarni birlashtirish, xalqaro va idoralararo hamkorlikni jadallashtirish bo'yicha takliflar bildirib o'tdilar.