O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag'ishlangan tadbir

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag'ishlangan tadbir

2020 yil 7 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Bosh prokuror o'rinbosari E.Yuldashev, Konstitutsiyaviy sud raisi o'rinbosari A.G'afurov, Bosh prokuratura xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so'zga chiqqan ma'ruzachilar mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamizning mustaqil demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi ahamiyatini ta'kidlab o'tdilar. Konstitutsiya milliy davlatchilikni, yangi siyosiy va ijtimoiy tizimni yaratish uchun huquqiy asos sifatida yangilanish jarayonining yorqin namunasi bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan o'tgan 28 yil ichida uning norma va qoidalari izchil amalga oshirilib borib, fuqarolik va millatlararo totuvlikni ta'minlash, turmush darajasini izchil oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan va ta'lim sohalarida yuqori darajalarga erishishga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta'minlash – davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar, barcha darajadagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari Konstitutsiya va qonunlarga qat'iy va so'zsiz muvofiqligi huquqiy demokratik davlatning eng muhim mezonidir.

Tadbir davomida Akademiya tomonidan tayyorlangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

Ishtirokchilar tomonidan tadbir yakunida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida Konstitutsiya normalari mohiyatini keng yoritish va targ'ib qilishning muhimligi alohida ta'kidlab o'tildi.