Alohida turdagi jinoyatlarni profilaktika qilish borasidagi ishlar

Alohida turdagi jinoyatlarni profilaktika qilish borasidagi ishlar

Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik ta'minlash hisoblanadi.

Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish Markazi tomonidan o'tkazilgan tahlil shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va onlayn savdolarning keng tarqalishi natijasida aholini plastik kartalaridan internet orqali aldov yo'li bilan pul o'g'irlash holatlari uchramoqda.

Aholining ogohligini oshirish va shu kabi huquqbuzarliklarning oqibatlaridan himoya qilish maqsadida markaz tomonidan BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik  bo'yicha boshqarmasing 
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi yordami bilan OLX internet sayti hamkorlikda “Internet-firibgarlardan qanday qilib saqlanish mumkin” nomli ijtimoiy videorolik moslashtirilib, o'zbek va rus tillariga tarjima qilindi.

Mazkur qisqa videorolikda bir necha daqiqa davomida firibgarlarning asosiy faoliyati yo'llari hamda ulardan himoyalanish usullari ko'rsatilgan.

Videorolikni mazkur havolaga o'tish orqali ko'rish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=G1XXiBCPTBk