Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan hamkorlikda o'tkazilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo'yicha notariuslar uchun navbatdagi masofaviy malaka oshirish kursi yakunlandi.

Mazkur kurs Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiyaning topshirig'i ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Kurs dasturi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning ustuvor masalalari, ushbu sohadagi xalqaro standartlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq shubhali faoliyatni tahlil qilish masalalarini qamrab oldi.