Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan imzolangan o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandum ijrosi doirasida xalq ta'limi sohasi xodimlari uchun “Huquqbuzarliklar profilaktikasining ta'limda tutgan o'rni” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda Xalq ta'limi vazirligining hududiy boshqarmalari, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda 100 nafardan ortiq umumta'lim maktablari direktor va o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, ta'lim tizimida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida mavjud muammolar atroflicha ko'rib chiqildi hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Vebinar yakunida xalq ta'limi tizimida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur yo'nalishda o'quv tadbirlarining tizimli ravishda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.