«Men sportni tanlayman!» ijtimoiy videoroliklar taqdimoti

«Men sportni tanlayman!» ijtimoiy videoroliklar taqdimoti

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (GMJB) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Xalq ta'limi vazirligi, 
Yoshlar ishlari agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yilning 14 dekabr` kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida «Men sportni tanlayman!» 
ijtimoiy motivatsion videoroliklar taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur videoroliklar GMJBning Doxa Deklaratsiyasini amalga oshirish bo'yicha global dasturining tarkibiy qismi bo'lgan «Sport orqali yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish» tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan.

Videoroliklar stsenariysini ishlab chiqishda hamda ularni yaratishda Akademiyaning Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazi xodimlari bevosita 
ishtirok etdilar.

Zamonaviy axborot muhitida yoshlar uchun maxsus ishlangan ijtimoiy roliklar huquqbuzarliklar profilaktikasining o'ziga xos ta'sirchan mexanizmi sifatida  xizmat qiladi.

Videoroliklarga olimpiya o'yinlari g'oliblarining jalb etilganligi yoshlarni sportga jalb qilish, sog'lom turmush tarzi va sportni targ'ib qilish jinoyatchilik, zo'ravonlik va giyohvandlikning oldini olishda muhim motivatsion vosita hisoblanadi.

Videoroliklarni quyidagi havolalar orqali ko'ring: 

https://www.youtube.com/watch?v=JhExhtNwlAY

https://www.youtube.com/watch?v=2yksy0rWOQI

https://www.youtube.com/watch?v=mCICiFYX8pY

https://www.youtube.com/watch?v=2q8dlrqldmI