2020 yil 15 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbari YE.Kolenko BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade hamda jamg'arma
mutaxassislari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida vakolatxona rahbari Akademiya faoliyati yo'nalishlari bilan tanishdi.
Tomonlar bolalar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi hamda yaxshi samara berishini ta'kidladilar.
Uchrashuv jarayonida tomonlar voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, ijtimoiy sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaning bolalarga salbiy ta'sirining oldini olish borasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida navbatdagi chora-tadbirlarni belgilab oldilar.