Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ishtirok etildi

Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ishtirok etildi

Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati hamda Bosh prokuratura, Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xalqaro hamkorlik bo'yicha tarmoqlari rahbarlari Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi sektor rahbari Fransua Bejo bilan videokonferensaloqa orqali o'tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari va aniq tadbirlarini, shuningdek O'zbekistonni Yevropa Ittifoqining 2021–2027 yillarga mo'ljallangan dasturiga kiritish masalalari muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida o'zaro manfaatli bo'lgan barcha yo'nalishlardagi hamkorlikni davom ettirish borasida kelishib olindi.