Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura organlari xodimlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar natijalari hamda aniqlangan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, yakka tartibda malaka oshirish imkoniyatini ta'minlab berishni yo'lga qo'yish maqsadida elektiv (tinglovchi tanloviga ko'ra) kurslarni ishlab chiqish va o'tkazishga qaratilgan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hozirgi paytda Buxoro viloyati prokuraturasi organlarida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishlarida tinglovchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy elektiv kurs bo'lib o'tmoqda.
Kurs dasturi tinglovchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati hamda sudlarda prokuror vakolatini ta'minlashning dolzarb masalalari bo'yicha o'quv mashg'ulotlaridan iborat.
Kurs davomida o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, shuningdek kurs amaliy natijadorligini ta'minlash maqsadida o'quv mashg'ulotlari yakunida tinglovchilar tomonidan huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarni o'z ichiga olgan tahliliy materiallar tayyorlanadi.