Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari ishtirokidagi malaka oshirish kursi boshlandi

Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari ishtirokidagi malaka oshirish kursi boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–6118-sonli Farmon talablari ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yilning 12 yanvaridan boshlab Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari uchun “Ijro hujjatlarini ijro etishda qonuniylikni ta'minlash masalalari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi.

Ushbu kurs maxsus dastur asosida tashkil etilgan bo'lib, davlat ijrochilarining ijroga kelib tushgan barcha turdagi ijro hujjatlarini ijro etish,  sifatli protsessual hujjatlarni tayyorlash, xizmatdagi konfliktlarni bartaraf etish, Byuro organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari va dasturiy komplekslar bilan ishlashga doir professional ko'nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Kurs dasturida shuningdek davlat ijrochilari tomonidan kasb odobnomasi qoidalariga rioya qilish hamda psixologiya va vaqtni boshqarish (taym-menejment) borasidagi ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari nazarda tutilgan.

O'quv kursi yakuni bo'yicha sinov imtihonlari o'tkazish va tinglovchilarga malaka oshirganlik to'g'risida sertifikatlar topshirish rejalashtirilgan.