Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro va milliy ekspertlarning tavsiyalari muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro va milliy ekspertlarning tavsiyalari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko'maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (SA TAES UZ)” loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari sharhlarini muhokamasiga bag'ishlangan vebinar o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisi N.Umarov, Qonunchilik palatasi deputati SH.To'xtashev, Yevropa Kengashining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari M.Ferati, Yevropa Kengashi ekspertlari K.Sarna va L.Ochilova, vazirlik, idora va ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini shakllanishning dolzarb masalalari bo'yicha keng qamrovli sharhlar o'tkazilib, tegishli tavsiyalar tayyorlangan.