Akademiya professor-o'qituvchilari pedagogik mahoratni oshirish

Akademiya professor-o'qituvchilari pedagogik mahoratni oshirish

Bosh prokuratura Akademiyasining bir guruh  professor-o'qituvchilari va xodimlari Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasi (DVV International) Xalqaro hamkorlik institutining O'zbekistondagi filiali hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hynar ta'limi boshqaruv xamda pedagog kadrlarni Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Curriculum globALE dasturining “Kattalar ta'limiga yondashuv” moduli bo'yicha masofaviy ta'lim kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Kurs davomida ishtirokchilar katta yoshdagilar ta'limi (andragogika)ni tashkil etishning zamonaviy metodikalari va texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, mazkur texnologiyalarni o'quv jarayoniga samarali tatbiq etish ko'nikmalariga ega bo'ldilar.

Tinglovchilar tomonidan andragogika va uning an'anaviy pedagogika bilan o'zaro bog'liqlik va farqli tomonlari tahlil qilindi, shuningdek kattalar ta'limi sohasida mavjud ilg'or xalqaro tajribaning O'zbekistonda joriy etish masalalari ko'rib chiqildi.

Kurs yakunida tinglovchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar taqdim etildi.