Mini-futbol bo'yicha idoralararo turnir o'tkazildi

Mini-futbol bo'yicha idoralararo turnir o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasi va Sudyalar oliy maktabi hamkorligida mini-futbol bo'yicha tomonlar professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari o'rtasida mini-futbol bo'yicha turnir o'tkazildi.

Mazkur turnir sport vositasida prokuratura va sud xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish, qolaversa, har ikkala o'quv muassasalari o'rtasidagi do'stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari natijasi bo'yicha finalga yo'llanmani Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilar jamoasi hamda Sudyalar oliy maktabi magistraturasining tinglovchilari qo'lga kiritdilar. O'yindan keyingi penaltilar seriyasi yakuniga ko'ra Sudyalar oliy maktabi magistraturasining tinglovchilari jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Final ishtirokchilari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.