Akademiya Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi

Akademiya Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi

Bosh prokuratura Akademiyasi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Tasdiqlangan kun tartibiga ko'ra, Akademiya tomonidan yetakchi tashkilot sifatida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Xususan, Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi O.Sulaymanovning “12.00.10 – Xalqaro huquq” ixtisosligi bo'yicha yozilgan “Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro-huquqiy standartlarni implementatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi hamda TDYUU mustaqil izlanuvchisi B.Mo'minovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo'yicha yozilgan “Jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish ustidan sud nazorati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilindi.

Akademiya professor-o'qituvchilaridan iborat taqrizchilar mazkur ilmiy tadqiqot ishlari xususida o'zlarining ayrim fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirdilar.

Kengash majlisining yakunida Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari va xodimlari tomonidan tayyorlangan jinoyat huquqi normalarini qo'llashning ayrim masalalari, iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki, aktivlarni qaytarishda ijro harakatlarini amalga oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni fuqarolik huquqiy tartibga solish, tadbirkorlik huquqi va boshqa dolzarb yo'nalishlardagi o'quv qo'llanmalar va monografiyalar ko'rib chiqildi hamda nashrga tavsiya etildi.