Yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha xalqaro o'quv kursida ishtirok etildi

Yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha xalqaro o'quv kursida ishtirok etildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Transport prokuraturasi xodimlari Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) tomonidan Yaponiyaning Kobe shahrida joriy yilning 20 yanvaridan 31 yanvariga qadar “Yo'l harakati xavfsizligi” mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro o'quv kursida ishtirok etdi.

O'quv kursi dasturi doirasida Yaponiyaning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimi, uning shakllanish tarixi, shuningdek mazkur sohani huquqiy tartibga solish, yo'l harakati xavfsizligi ishtirokchilarini o'qitish va ularning malakasini oshirish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha butun jarayonni boshqarish masalalari o'rganildi.

Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilar o'quv kursi davomida seminarda ishtirok etayotgan Malayziya, Kambodja, Tayland va boshqa davlatlarning yo'l harakati xavfsizligi sohasida tajribalarini o'rganish asosida mamlakatimizda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash amaliyotiga ijobiy xorijiy amaliyotlarni joriy etishga oid takliflar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ldilar.

Madaniy dastur doirasida Kioto shahriga tashrif tashkil etilib, ishtirokchilar tarixiy inshootlar bilan tanishdilar hamda an'anaviy choy marosimida ishtirok etdilar.

O'quv kursi yakuni bo'yicha ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.