Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan 2020 yil dekabr oyida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan imzolangan hamkorlik to'g'risidagi shartnoma hamda chora-tadbirlar rejasi doirasida tashkil qilingan malaka oshirish kursi yakunlandi.
O'quv kursi doirasida markaz xodimlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan maxsus ishlab chiqilgan o'quv dasturi asosida Akademiya mutaxassislari tomonidan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llagan holda o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
Kurs yakuni bo'yicha Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati tomonidan Akademiyaga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Bunday o'quv tadbirlari tizimli ravishda o'tkazilishi rejalashtirilgan.