O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Milliy gvardiya harbiy texnik instituti, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ilmiy tadqiqotlar olib borishda “ustoz – shogird” an'anasi” mavzusida ilmiy seminar tashkillashtirdi.
Tadbirda mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va ilmga qiziquvchi talabalar ishtirok etdilar.
Idoralararo seminar davomida unda ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘yilgan talablar, sud va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi ilmiy-tadqiqotlarning o‘rni, yuridik sohada ilmiy-tadqiqotlarni olib borishdagi zamonaviy nazariy qarashlarning o‘rni, shuningdek “ustoz – shogird” an'anasining ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishidagi ahamiyati kabi masalalar muhokama qilindi.
Seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, yosh olimlar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.