2021 yil 1 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasi G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Kotibiyati vazifasini amalga oshirishi doirasida BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda mazkur tarmoq Boshqaruv guruhi a'zolarining navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtirdi.
Yig‘ilish videokonferensaloqa vositasida o‘tkazilib, unda Boshqaruv guruhi a'zolari – Pokiston, Turkmaniston, Eron va O‘zbekiston vakillari, UNODC hududiy loyiha koordinatori Danilo Kampisi hamda xalqaro ekspert Djill Tomas ishtirok etishdi.
ARIN-WCA Kotibiyati sifatida Bosh prokuratura Akademiyasi Boshqaruv guruhi a'zolarini tarmoqni boshqarish doirasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirib, kelgusidagi muhim rejalar to‘g‘risida xabardor qildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra ARIN-WCA faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim vazifa va tadbirlar belgilab olindi.