O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi rahbariyati va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Moskva akademiyasining rektori v.b. D.N.Kojuxarik o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar maxsus o‘quv dasturlarini tayyorlash, ilmiy-tahliliy axborot almashinuvi, vakolatli organlar xodimlarini hamkorlikda tayyorlash va qayta tayyorlash orqali tergovchilarning kiberjinoyatchilik va boshqa turdagi transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifatini oshirish maqsadida tergov organlari xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashning maxsus metodikalarini ishlab chiqish va tergovchilarning faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dolzarb tendensiyalarni o‘rganish sohasida hamkorlikni amalga oshirish istiqbollari o‘rganib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.