Surishtiruvсhilar malakasini oshirish kursi tashkil etildi

Surishtiruvсhilar malakasini oshirish kursi tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan 2020 yil 10 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari surishtiruvchilari uchun “Tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv jarayonida fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kurs dasturi tinglovchilarning mazkur kategoriyasi ehtiyojlarini o'rganish hamda ular faoliyat yuritayotgan sohada mavjud tizimli muammolar tahlili asosida ishlab chiqilgan bo'lib, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan tarzda nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi nazarda tutilgan.

O'quv kursining asosiy maqsadi tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish, ularning natijalaridan surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv jarayonida foydalanish, ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va korruptsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish, soliq yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olish kabi yo'nalishlarda tinglovchilar bilim va kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirishdan iborat.

Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.