Bosh prokuratura Akademiyasida “Xalqaro odil sudlov sohasida o‘qitish” (IJET) xalqaro stipendiyaviy dasturida ishtirok etgan Akademiya xodimlari va Amerika yuristlar assotsiatsiyasi “Qonun ustuvorligi tashabbusi” (ABA/ROLI) dasturining mamlakatlar bo‘yicha direktori Ayaz Baetov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida stipendiyaviy dastur shartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Jinoyat va huquqbuzarlik profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar rejasi”ni amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.
A.Baetov tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida o‘qitishga oid loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, Akademiya xodimlarining klinik yuridik ta'lim sohasidagi salohiyatini oshirish hamda
Akademiyaning loyihalash faoliyatini mustahkamlashda ekspert yordami ko‘rsatish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida takliflar bildirildi.