Inson huquqlari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, Bosh prokuratura akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, TDYUU, JIDU «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini (konsortsium) joriy qilish ustida tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Shu munosabat bilan, videoanjuman orqali "Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish" qo‘shma magistrlik dasturini amalga oshiruvchi Rossiya universitetlari konsortsiumi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissarining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan Bosh prokuratura Akademiyasi, TDYUU, JIDU xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari Konsortsiumning asosiy maqsad va vazifalari, ta'lim jarayonini tashkil etish va nazorat qilish tajribasi, uning mazmuni hamda idoralararo o‘zaro hamkorlik masalalarini hal etish, konsortsium doirasida akademik mobillik, uning xalqaro hamkorligi bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunida tomonlar ushbu yunalishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.