Yangi tayinlangan tuman va shahar prokurorlari malakasini oshirish kursi boshlandi

Yangi tayinlangan tuman va shahar prokurorlari malakasini oshirish kursi boshlandi

2020 yil 10 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari ishtirokida “Prokuratura organlarida boshqaruv va ishni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi o'quv mashg'ulotlari boshlandi.

Ikki haftalik o'quv kursi yangi tayinlangan prokurorlarda prokuratura organlari hududiy tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil etish, korruptsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan chora-tadbirlari, muammolar va ziddiyatli vaziyatlar yechimi, qaror qabul qilish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va boshqa dolzarb masalalar borasida boshqaruv ko'nikmalari va kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan.

Kurs dasturida mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlik masalalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.