Magistratura o‘quv dasturi doirasida joriy yilning 17 martidan Bosh prokuratura Akademiyasida magistratura tinglovchilari uchun “AQSH tajribasi misolida prokurorlik faoliyatini tashkil etish va jinoiy odil sudlovning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida o‘quv moduli yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur o‘quv kursi “Mintaqaviy muloqot” XNNT (Sloveniya) va AQSH Davlat departamentining Giyohvandlik vositalari va huquqni qo‘llash bo‘yicha byurosi bilan davom etib kelayotgan o‘zaro hamkorlik doirasida huquq sohasidagi ekspert, AQSH sobiq federal prokurori G.Ueddl
tomonidan masofaviy shaklda olib borilmoqda.
O‘quv kursi dasturi tinglovchilarning qiyosiy tahlil o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, kurs davomida ishtirokchilar AQSH va O‘zbekiston Respublikasida prokurorlik xizmati faoliyatini tashkil etishga oid axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydilar.