Idoralararo hamkorlik doirasida yangi avlod darsligi tayyorlandi

Idoralararo hamkorlik doirasida yangi avlod darsligi tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida yangi avlod darsliklarini tayyorlash ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining tegishli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Fuqarolik protsessual huquqi” darsligi sohadagi huquqshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislardan iborat mualliflar jamoasi tomonidan yangi avlod uchun yaratilgan muhim asar hisoblanadi. YU.f.d., professor M.Mamasiddiqov va yu.f.n., professor D.Xabibullaevning mas’ul muharrirligida tayyorlangan ushbu darslikda Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kabi yetakchi ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari hammuallif sifatida ishtirok etdi.

Mazkur darslik Davlat ta‘lim standarti asosida tuzilgan “Fuqarolik protsessual huquqi” fani dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta‘lim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida tayyorlangan.

Mazkur darslik nafaqat prokuratura xodimlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning sudyalari, advokatlar uchun, balki malaka oshirish va  oliy o‘quv yurti tinglovchi va talabalari, shuningdek keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo‘ljallangan.  

Ushbu darslikdan sud hokimiyati, prokuror nazorati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish va advokatura hamda fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquqi ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar ham foydalanishi mumkin.