Bosh prokuratura Akademiyasida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) tomonidan Akademiya kutubxonasiga hadya qilingan ixtisoslashtirilgan huquqiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
IRZ bilan hamkorlik doirasida prokuratura xodimlarini, shuningdek, yosh huquqshunoslar, magistratura talabalari, doktorantlar va yurisprudensiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha izlanuvchilarni tayyorlash uchun xorijiy mualliflarning kitoblari, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalari taqdim etildi.
Nashrlarda keltirilgan ma‘lumotlar kitobxonlarga Germaniya va boshqa davlatlarning jinoyat, jinoyat-prosessual, korporativ, moliyaviy, xalqaro xususiy huquq va boshqa huquqiy fanlar sohasidagi kasbiy bilim va tajribalarini boyitish imkonini beradi.