Akademiya tashkil etilganidan buyon AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari dasturi bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilib, o'quv jarayonlariga chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda.
Ushbu sohada erishilgan yutuqlarning davomi sifatida Vashington universiteti (AQSH) “Yuridik ingliz tili” dasturining yetakchi o'qituvchisi, ushbu sohada o'quv dasturlarini yaratish va takomillashtirishda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan Patrisiya Maklaulin ishtirokida bir haftalik o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Akademiya xodimlari ishtirok etib, ingliz tilidagi yuridik terminlarni qo'llash sohasida foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.
Shuningdek, joriy yilning 10-14 fevral` kunlari Akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun “Yuridik ingliz tili” dasturi doirasida bir qator ma'ruza va seminarlar tashkil etildi.
Kelgusida hamkorlik tadbirlari masofadan turib davom ettirilishiga kelishib olindi.