Dissertatsiya ishi doirasida sifatli sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha ilmiy seminar
Bosh prokuratura Akademiyasida Shvetsiyaning Lund universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi etnografik va dala tadqiqotlari: Markaziy Osiyo biznes huquqi loyihasi misolida uslubiy xulosalar” mavzusida onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi doktorant va mustaqil izlanuvchilari onlayn tartibida ishtirok etdi.
Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti R.Urinboev, Lund universiteti loyiha tadqiqotchilari T.Mustafoev, B.Ovesmuradov hamda CH.Qilichovalar seminarda ma'ruza qildi.
Ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirishga yo‘naltirilgan navbatdagi seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Ilmiy seminarda dala tadqiqotlarini va ijtimoiy so‘rovlarni amalga oshirish metodlari, statistik ma'lumotlar to‘plash va ularga ishlov berish borasida fikr yuritildi.