Akademiya yosh olimlari ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Akademiya yosh olimlari ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasida ilmiy-tadqiqot salohiyatini yuksaltirish, tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadqiqot faoliyatini kengaytirish maqsadida “Fan soati” ruknida yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. 

Navbatdagi ilmiy seminar Bosh prokuratura Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, TDYUU va DBA doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarning o‘ziga xos jihati unda moderator va ma'ruzachilar sifatida yosh olimlar – Akademiya doktorantlari ishtirok etib, o‘z ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan ma'ruza qildilar. Xususan, A.Davronov, A.Djuraeva, SH.Saidov va D.Ibragimovlar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish, nazoratsizlik va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish sohasidagi idoralararo faoliyat va prokuraturaning roli, prokuratura organlarining huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari hamda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini raqamlashtirish istiqbollari masalalari yuzasidan taqdimot qildilar.

Ushbu ilmiy seminar yosh olimlar uchun yurisprudensiya sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot o‘tkazish metodlari va ularni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajardi va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.