Kriminogen vaziyatning tahliliga bag‘ishlangan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi 

Kriminogen vaziyatning tahliliga bag‘ishlangan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi 

Akademiyada jinoyatchilik ko‘rsatkichlariga ko‘ra “qizil” toifaga kiritilgan shahar va tumanlarda kriminogen vaziyatni o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, viloyat prokuraturalarining bo‘lim boshliqlari hamda tegishli shahar va tuman prokurorlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida “qizil” toifadagi hududlardagi kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish, hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  vaziyatni barqarorlashtirishning metodikasi xususida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
Tadbirda taqdimot, infografika va jinoyatchilik holatini chuqur o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan boshqa materiallar namoyish etildi.
Akademiya kelgusida ham mazkur faolyatni ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashda davom etadi.