Farg‘ona viloyati IIB profilaktika inspektorlari uchun sayyor seminarlar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB profilaktika inspektorlari uchun sayyor seminarlar o‘tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari tomonidan IIV, FVV, Milliy Gvardiya hamda Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati IIB profilaktika inspektorlarini “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida ikki bosqichda bazaviy kasbiy hamda chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi. 
Seminarda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish davomida vujudga kelayotgan muammolarga alohida e'tibor qaratildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga oid asosiy masalalar va savollarga to‘xtalib o‘tildi. 
Shuningdek, atroflicha muhokamalar yakunida profilaktika inspektorlarini qiziqtirgan masalalarga oid tushuntirish va tavsiyalar berildi. 
Akademiyaning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati tizimli davom ettiriladi.