O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i SH.H.Mamajonov hamda Akademiya boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari R.S.Samarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkillashtirildi.

Ishtirokchilar Akademiyaning ilg‘or ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan kompetentsiyaviy yondashuv, interaktiv va muammoli metodlar asosida o'quv jarayonini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv zamonaviy standartlar va talablarga javob beradigan xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.