Joriy yilning 16 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati va BMT GJB shtab-kvartirasi terrorizmni oldini olish dasturining muvofiqlashtiruvchisi A.Laurent, BMT GJB dasturining xalqaro muvofiqlashtiruvchisi YU.Qurbonov hamda BMT GJB ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy boshqarmasining monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassisi U.Nosirovlar o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda terrorizmga qarshi kurashda a'zo davlatlarning jinoiy odil sudlov tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli (2017) rezolyutsiyasini amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.