Maxsus imtihon topshiruvchilar uchun e'lon

Maxsus imtihon topshiruvchilar uchun e'lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 31 martdagi 295/4-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga 2021 yilning may oyi sessiyasidan boshlab “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan maxsus imtihonni qabul qilish huquqi berildi.

Maxsus imtihon topshiruvchilar 2021 yil 15 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Maxsus imtihon bo‘yicha hujjatlar faqat elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul ilinishini, shuningdek boshqa shaharlik izlanuvchilardan imtihonlar onlayn shaklda qabul qilinishini ma'lum qilamiz.