Navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Ilmiy-tadqiqot salohiyatini yuksaltirish, tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadqiqot faoliyatini kengaytirish maqsadida Akademiyada “Fan soati” ruknidagi yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Bosh prokuratura Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, TDYUU va DBA doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Moderatorlik va ma'ruzachilik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida seminarni o‘tkazish jarayoniga yosh olimlar – Akademiya doktorantlari jalb etilib, ular o‘z ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan ma'ruza qildilar. Xususan, SH.Zokirov, M.Abudullaeva, D.Xamzaev va B.Kadirovalar fuqarolar murojaatlarining hal etilishi ustidan nazorat institutining genezesi, qiynoqqa qarshi kurashishga oid xalqaro-huquqiy hujjatlar tahlili, transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashning zamonaviy tendensiyalari hamda xalq ta'limi sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari yuzasidan taqdimot qildilar.

Ilmiy seminar yurisprudensiya sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot o‘tkazish metodlari va ularni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratib berdi.