Bosh prokuratura Akademiyasida viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar tergov tarmoqlari xodimlari ishtirokida “Prokuratura organlarida tergovni tashkil etish va amalga oshirish” mavzusida qisqa muddatli masofaviy o‘quv kursi boshlandi.
Kurs dasturi doirasida tinglovchilarga prokuratura organlarida dastlabki tergovni tashkil etish asoslari, jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tergov rejasini tuzish, protsessual majburlov va ehtiyot choralari, ularni qo‘llash asoslari va tartibi, qasddan odam o‘ldirish jinoyatini tergov qilish usullari, pora olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergov qilish taktikasi, kriminalistik versiyalar va tergov faoliyatini rejalashtirish, tintuv va olib qo‘yish taktikasi, tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi kabi mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Kurs tergov tarmoqlari xodimlarining tergov sifatini ta'minlash bo‘yicha kasbiy kompetensiya va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.