Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar tergovchilari ishtirokida “Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni tashkil etish masalalari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi.
Masofaviy malaka oshirish kursi dasturi tinglovchilar ehtiyojlari asosida tuzilgan bo‘lib, jinoyat yoki hodisa haqidagi xabarlar yuzasidan birlamchi harakatlar, hodisa joyini ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi, tezkor izlov yig‘ma jild yuzasidan lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligiga oid bilim va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida shuningdek tergov harakatlarini o‘tkazishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish usullari boyicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.