Ilm-fanni rivojlantirishdagi hamkorlik

Ilm-fanni rivojlantirishdagi hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e'lon qilinganligidan kelib chiqib, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ilm-ma'rifatni rivojlantirish borasidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Xususan, 2020 yilning 15 fevral` kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rasmiylari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Akademiyaning ilm-ma'rifat yo'nalishidagi imkoniyatlari hamda o'quv jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llash tajribasi namoyish etildi.  

Shuningdek, uchrashuv davomida, tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan ikki muassasa – Bosh prokuratura Akademiyasi va Xalqaro islom akademiyasi o'rtasida kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha Akademiya vakillarining O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrifi amalga oshirilishi to'g'risida kelishuvga erishildi.