Huquqbuzarliklar profilaktikasi ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyati doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari tomonidan IIV, FVV, Milliy Gvardiya hamda Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida ikki bosqichda bazaviy kasbiy hamda chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.
Seminarlarda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish davomida vujudga kelayotgan muammolarga alohida e'tibor qaratildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga oid asosiy masalalar va savollarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, atroflicha muhokamalar yakunida profilaktika inspektorlarini qiziqtirgan masalalarga oid tushuntirish va tavsiyalar berildi.