Bosh prokuratura Akademiyasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor izlanuvchilar uchun chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon yetakchi lingvist olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Malakaviy imtihonda mustaqil izlanuvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida huquqni muhofaza qilish faoliyati, prokuror nazorati, jinoyat huquqi, halqaro huquq ixtisosliklari hamda izlanuvchilar tomonidan olib borayotgan dissertatsiya mavzusi doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimlari xususida savollar berildi.
Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan mustaqil izlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.