Bosh prokuratura Akademiyasida yangi “ProAcademy” elektron jurnalining imkoniyatlari, shuningdek ilmiy nashrlarni tayyorlash tartibi bilan tanishish maqsadida onlayn seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maqola mualliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish, maqolalarni taqdim etish, ularni indeksatsiya qilish, “ProAcademy” elektron jurnaliga maqolalarni yuborishda identifikatsiya raqamlarini ko‘rsatish va joylashtirish tartibi bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyuldagi 283/7.1-son qaroriga asosan, Bosh prokuratura Akademiyasining “ProAcademy” (https://uzjournals.edu.uz/proacademy/) elektron jurnalida chop etilgan ilmiy maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirilgan.
“ProAcademy” ilmiy jurnaliga kiritilgan maqolalar xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo‘lib, ikki bosqichli anonim taqrizdan (double-blind peer review) o‘tkaziladi.