2021 yil 17 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasida prokuratura organlarining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmoqlari xodimlari uchun “Prokuratura organlarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini tashkil etish masalalari” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.
Kurs Bosh prokuror o‘rinbosari S.B.Ortiqova tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekistonda axborot siyosati va prokuratura organlarining ushbu siyosatni amalga oshirishdagi roli” mavzusidagi o‘quv mashg‘uloti bilan boshlandi.
Mazkur kurs yangi O'zbekistonning axborot siyosati oldida turgan vazifalar, negativ ma'lumotlar va feyk axborotlar bilan ishlash, kontent strategiya tuzish, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlarga prokuratura organlari tomonidan tezkorlik bilan munosabat bildirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etishning aniq, tizimli hamda amaliy choralarini ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlanadi.