Akademiya tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi va Jahon banki bilan hamkorlikda Jinoiy aktivlarni qaytarish tashabbusi (StAR) doirasida parallel moliyaviy tekshiruv o'tkazish masalalari bo'yicha ikki kunlik trening tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro ekspertlar – BMT GJBning jinoyatchilikni oldini olish va jinoiy odil sudlov masalalari bo'yicha xodimi V.Kozin, StAR mutaxassisi Dj.Benton, shuningdek Bosh prokuratura, Akademiya, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va Markaziy bankning vakillari ishtirok etdilar.
Trening davomida Buyuk Britaniyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korruptsiyaga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida katta tajribaga ega bo'lgan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yuqori darajadagi mutaxassis va StAR xalqaro eksperti Dj.Benton ishtirokchilarni sohaga oid xalqaro standartlar, parallel moliyaviy tekshiruv o'tkazishning bosqichlari, aktivlarni kuzatish instrumentlari bilan tanishtirdi.
Amaliy mashg'ulotlar jarayonida ishtirokchilar o'zlarining parallel moliyaviy tekshiruv o'tkazish, mazkur yo'nalishda rasmiy, norasmiy hamda idoralararo hamkorlik borasidagi ko'nikmalarini sinab ko'rishdi.